🇺🇿 O'zbek tili uchun

Subtitrlar endi jonli. Bir daqiqada.

Videoni yuklang, AI o'zbekcha matnni so'zma-so'z yozib beradi. Reels uslubidagi animatsiyani tanlang, kerak bo'lsa rus yoki ingliz tiliga tarjima qiling va tayyor MP4'ni yuklab oling.

1 kun bepul · Karta kerak emas · CapCut uchun SRT ham bor

Uch qadam

Montaj dasturini ochmasdan ham bo'ladi.

1

Videoni yuklang

Telefon yoki kompyuterdan. Reels, reklama roligi, intervyu, dars.

2

AI matnni yozadi

Har bir so'z vaqti bilan aniqlanadi. Xatoni bir bosishda to'g'rilaysiz, AI imloni ham tuzatadi.

3

Uslub va yuklab olish

37 xil animatsiya, rang, shrift, joylashuv. MP4 yoki SRT qilib yuklab oling.

✍️ Shriftlar

87 ta shrift. Hammasi o'zbekcha harflarga mos.

O', g', sh, ch va tutuq belgisi buzilmaydi. Ingichka, qalin, yotiq va qo'lyozma: brendingizga moslab tanlang.

O'zbekiston
MontserratQalin

Animatsiya uslublari

Har bir so'z aytilgan paytida jonlanadi. Ko'rish uchun sichqonchani olib boring shart emas, hammasi o'zi o'ynaydi.

Vaqtingizni tejaydi

Subtitrli videolar ovozsiz ham tomosha qilinadi, animatsiya esa ko'zni ushlab turadi.

Jonli SubtitrQo'lda (montaj dasturida)
1 daqiqalik videoga subtitr1-2 daqiqa30-40 daqiqa
So'zma-so'z animatsiya (Reels uslubi)avtomatik, 37 xilhar so'zni qo'lda
Ikki tilli subtitr (o'zbekcha + ruscha)bir bosishdaqaytadan yozish
Imlo tekshirish (o', g', tutuq belgisi)AI tuzatadio'zingiz
CapCut, Premiere, DaVinci uchun SRT✓—

Narxlar

Har bir tarifda barcha animatsiyalar, effektlar va shriftlar bor. Farqi faqat daqiqa va tarjimada.

Boshlovchi
39 000 so'm
oyiga · ≈ 30 ta Reels
  • 60 daqiqa AI subtitr
  • 37 animatsiya, 76 effekt va stiker
  • 87 ta shrift (lotin va kirill)
  • MP4 va SRT yuklab olish
  • AI imlo tuzatish
Tanlash
Pro · Eng ommabop
59 000 so'm
oyiga · ≈ 60 ta Reels
  • 120 daqiqa AI subtitr
  • Boshlovchi'dagi hamma narsa
  • Tarjima: 9 til
  • Ikki tilli subtitr
  • Ishlatilmagan daqiqa keyingi oyga o'tadi
Tanlash
Studiya
89 000 so'm
oyiga · ≈ 125 ta Reels
  • 250 daqiqa AI subtitr
  • Pro'dagi hamma narsa
  • Yangi uslub va effektlar birinchi bo'lib
  • Tezkor yordam (Telegram)
Tanlash
Ro'yxatdan o'tgan kuningiz 1 kun bepul: barcha funksiyalar ochiq, karta so'ralmaydi.

Savollar

O'zbekchani qanchalik to'g'ri taniydi?

Aniq gapirilgan videoda deyarli hammasini to'g'ri yozadi. Shevalar va shovqinda xato bo'lishi mumkin, shuning uchun har bir qatorni bir bosishda tahrirlash va AI bilan imloni tuzatish imkoni bor.

Videom qayerga yuboriladi?

Videoning o'zi hech qayerga yuborilmaydi: render sizning brauzeringizda bo'ladi. Matnni aniqlash uchun faqat ovoz qismi AI'ga yuboriladi.

Telefonda ishlaydimi?

Ha, Android'dagi Chrome'da to'liq ishlaydi. iPhone'da tahrirlash va SRT ishlaydi, MP4 render uchun hozircha kompyuter tavsiya qilinadi.

CapCut'da ishlatsam bo'ladimi?

Ha. SRT faylni yuklab oling va CapCut'da Matn → Subtitrlarni import qilish orqali qo'shing.